|
|
Alisher Navoiy
From Uzbekistan Online Forum WikiMedia
Alisher Navoiy (1441-1501)
[edit] Qisqa tarjimayi hol
Yahshi odam bulgan... gap yuq bu odamga. Vaqtida krutoy bulgan.
O'zbek adabiy tiliga asos qoygan shaxs.
[edit] Asarlar to'plami
..
[edit] Farhod va Xisrav aytishuvi
- Dedi: qaydinsen ey majnuni gumrah?
- Dedi: majnun vatandin qayda ogah.
- Dedi: nedur senga olamda pesha?
- Dedi: ishq ichra majnunliq hamisha.
- Dedi: bu ishdan o'lmas kasb ro'zi,
- Dedi: kasb o'lsa basdur ish so'zi.
- Dedikim: ishq o'tidin de fasona!
- Dedi: kuymay kishi topmas nishona.
- Dedikim: kuymakingni ayla ma'lum!
- Dedi: andin erur joh ahli mahrum!
- Dedi: qay chog'din o'ldung ishq aro mast?
- Dedi: ruh ermas erdi tang'a payvast.
- Dedi: bu ishqdin inkor qilg'il!
- Dedi: bu so'zdin istig'for qilg'il!
- Dedi: oshiqqa ne ish ko'p qilar zo'r?
- Dedi: furqat tuni ishqi balosho'r.
- Dedi: ishq ahlining nedur hayoti?
- Dedi: vasl ichra jonon iltifoti.
- Dedikim: Dilbaringning de sifotin!
- Dedi: til g'ayratidin tutmon otin!
- Dedikim: ishqig'a ko'nglung o'rundur?
- Dedi: ko'nglumda jondek yoshirundur.
- Dedi: vaslig'a borsen orzumand?
- Dedi: bormen xayoli birla hursand.
- Dedi: no'shi labidin topqay el bahr?
- Dedi: ul no'shdin el qismidur zahr.
- Dedi: joningni olsa la'li yodi?
- Dedikim: ushbudur jonim murodi.
- Dedi: ko'ksungni gar chok etsa bebok?!
- Dedi: ko'nglum tutay ham ayla deb chok.
- Dedi: ko'nglung fido qilsa jafosi?
- Dedi: jonimni ham aylay fidosi.
- Dedikim: ishqdin yo'q juz ziyon bud.
- Dedi: bu kelsa savdo ahlig'a sud.
- Dedi: bu ishq tarki yaxshiroqdur!
- Dedi: bu sheva oshiqdin yiroqdur!
- Dedi: ol ganju qo'y mehrin nihoniy,
- Dedi: tufroqqa bermon kimyoni!
- Dedi: joningg'a hijron kinakashdur,
- Dedi: chun bor vasl ummidi xushdur.
- Dedikim: shahg'a bo'lsa shirkat andesh!
- Dedi: ishq ichra tengdur shohu darvesh!
- Dedi: joningg'a bu ishdin alam bor,
- Dedi: ishq ichra jondin kimga g'am bor?!
- Dedi: kishvar beray, kech bu xavasdin!
- Dedi: bechora, kech bu multamasdin!
- Dedi: ishq ichra qatling hukmi etkkum!
- Dedi: ishqida maqsudimg'a yetkum.
- Dedi: bu ishda yo'q sendin yiroq qatl,
- Dedi: bu so'zlaringdin yaxshiroq qatl.
[edit] Gar oshiq esang
- Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
- Dard istayu daf'ig'a davo qilma havas.
- Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
- Dildoringdan g'ayri rizo qilma havas.
[edit] G'urbatda g'arib...
- G'urbatda g'arib shodumon bo'lmas emish,
- El anga shafiqu, mehribon bo'lmas emish.
- Gar oltin qafas ichra qizil gul bitsa,
- Bulbulga tikandek oshiyon bo'lmas emish.
[edit] Istadim
- Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
- Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
- Kimga kim jonim fido aylab sog'indim dam-badam,
- Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim.
- Bilmadim olam elida yo'qturur mutlaq vafo,
- Vahki, umri ulcha yo'qtur sog'inib yor istadim.
- Ulki, topilmas bashar jinsida vah g'aflat ko'rung,
- Kim pari xaylida men devonai zor istadim.
- Sirri ishqimni ko'ngul ko'z birla fosh etmak ne tong,
- Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.
- Shayx birla xonaqahdin chun yorug'luq topmadim,
- Dayr piri xizmatig'a ko'yi xammor istadim.
- Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g'ussadin,
- O'zni bekaslik balosig'a giriftor istadim.
[edit] Jondin seni ko'p sevarmen
- Jondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,
- Sondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,
- Har neniki sevmak andin ortiq bo'lmaz,
- Andin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz.
[edit] Jong'a chun dermen
- Jong'a chun dermen: "Ne erdi o'lmakim kayfiyati?"
- Derki: "Bois bo'ldi jism ichra marazning shiddati".
- Jismdin so'rsamki: "Bu za'fingg'a ne erdi sabab?"
- Der: "Anga bo'ldi sabab o'tluq bag'irning hirqati".
- Chun bag'irdin so'rdum, aytur: "Andin o't tushti manga
- Kim, ko'ngulga shu'la soldi ishq barqi ofati".
- Ko'ngluma qilsam g'azab, ayturki: "Ko'zdindur gunah,
- Ko'rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati".
- Ko'zga chun dermenki: "Ey, tardomani yuzi qaro,
- Sendin o'lmish telba ko'nglumning baloyu vahshati".
- Yig'lab aytur ko'zki: "Yo'q erdi manga ham ixtiyor
- Ki, ko'rundi nogahon ul sho'xi mahvash tal'ati".
- Ey Navoiy, barcha o'z uzrin dedi, o'lguncha kuy
- Kim, sanga ishq o'ti-o'q ermish azalning qismati.
[edit] Kecha kelgumdir debon
- Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro' kelmadi,
- Ko'zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
- Lahza-lahza chiqtimu chektim yo'lida intizor,
- Keldi jon og'zimg'avu ul sho'xi badxo' kelmadi.
- Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
- Ro'zgorimdek ham o'lg'onda qorong'u kelmadi.
- Ul parivash hajridinkim yig'ladim devonavor,
- Kimsa bormukim anga ko'rganda kulgu kelmadi.
- Ko'zlarindin necha suv kelgay deb o'lturmang meni,
- Ki bori qon erdi kelgan bu kecha suv kelmadi.
- Tolibi sodiq topilmas, yo'qsakim qo'ydi qadam,
- Yo'lg'akim avval qadam ma'shuqa o'tro' kelmadi.
- Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'ngling uyin,
- Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg'u kelmadi.
[edit] Ko'z birla qoshing yaxshi
- Ko'z birla qoshing yaxshi, qabog'ing yaxshi,
- Yuz birla so'zing yaxshi, dudog'ing yaxshi.
- Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
- Bir-bir ne deyin boshtin-ayog'ing yaxshi.
[edit] Lablaringkim hayf erur...
- Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
- Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.
- Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul,
- Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila.
- Odam ul soatki jannat ichra avlodin ko'rar,
- Ne quvong'ay dam-badam sen nozanin farzand ila.
- Qo'y nasihat, zohido, o'tlug' damimdin vahm qil,
- Telba it imkoni yo'qturkim, sog'alg'ay pand ila.
- Hojatingni elga arz etmakka hojat bo'lmasun,
- Xush chiqishsang lahzani bu zori hojatmand ila.
- Lablaring hajrinda yur parkandkim bo'lmish ko'ngul,
- La'l erur mahlul qon o'rnig'a har parkand ila.
- Chun Navoiy ko'ngli sindi, emdi lutfing ne asig'?
- Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila.
[edit] Meni men istagan kishi...
- Meni men istag'an o'z suhbatiga arjumand etmas,
- Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.
- Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
- Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.
- Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
- Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no'shxand etmas.
- Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
- Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.
- Kerak o'z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
- Buzug' ko'nglumdin o'zga yerga javloni samand etmas.
- Ko'ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
- Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.
- Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko'z,
- Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas.
[edit] Mubtalo bo'ldim sanga
- Ko'rgali husnungni zoru mubtalo bo'ldum sanga,
- Ne balolig' kun edikim, oshno bo'ldum sanga.
- Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko'ngul,
- Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo'ldum sanga.
- Men qachon dedim: "Vafo qilg'il manga" zulm aylading,
- Sen qachon deding: "Fido bo'lg'il manga" bo'ldim sanga.
- Qay pari paykarga dersen telba bo'ldung bu sifat,
- Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo'ldum sanga.
- Ey ko'ngul, tarki nasihat aylading ovora bo'l,
- Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo'ldum sanga.
- Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
- Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldum sanga.
- G'ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
- To Navoiydek asiru benavo bo'ldum sanga.
[edit] Olmani otti nigorim
- Olmani otti nigorim, "ol",-dedi
- "Olma birla bu ko'ngilni ol",-dedi
- So'rsam ersa olmasini rangini
- "Olma rangin ne so'rursan, ol",-dedi
[edit] Oshiq o'ldum
- Oshiq o'ldum, bilmadim yor o'zgalarga yor emish,
- Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.
- Qaddig'a el mayli bo'lg'ondin ko'ngul ozurdadur,
- Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.
- Elga novak urdi, men o'ldim erur bu turfakim,
- Jonim etgan resh el bag'rig'a kirgan xor emish.
- Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
- Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.
- Ko'yi devoridin og'riq tang'a tushgan soyadek,
- Sel g'amidin emdi soya o'rnig'a dildor emish.
- Jong'a taxvif ayladim tig'i halokidin aning,
- Bilmadim bu ishdin ul o'lguncha minnatdor emish.
- Ey Navoiy, xo'blarni ko'rma osonlig' bilan,
- Kim biravkim soldi ko'z, uzmak ko'ngul dushvor emish.
[edit] Orazin yopqach ko'zimdin...
- Orazin yopqach ko'zumdin sochilur har lahza yosh,
- O'ylakim paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'ach quyosh.
- Qut bir bodomu yerim go'shan mehrob edi,
- G'orati din etti nogah bir baloliq ko'zu qosh.
- Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
- Subhnung bot-bot dami andog'ki aylar mehr fosh.
- Bo'sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
- Desam og'zi ichra aytur la'l ham bor nav' tosh.
- Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
- Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.
- Umri jovid istasang fard o'lki, bo'ston Xizridur,
- Sarvkim da'b ayladi ozodaliq birla maosh.
- Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
- Gar budur mehrob, bir-bir qo'ygusidir barcha bosh.
[edit] O'n sakkiz yosh hayratlari
- O`n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
- Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.
- Desa bo`lg`aykim, yana ham o`n sakkiz yil husni bor,
- O`n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.
- O`n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o`lsa, uldurur,
- Husn shohi, ul balolarkim, ko`zu qoshinadur.
- Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,
- Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshinadur.
- Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko`nglidin,
- Aqlg`a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.
- May ketur, ey mug`ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
- Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
- To Navoiy to`kti ul oy furqatidin bahri ashk,
- Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.
[edit] Qaro ko'zim
- Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il,
- Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il.
- Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan,
- Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il.
- Takovaringg'a bag'ir qonidin hino bog'la,
- Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il.
- Firoq tog'ida topilsa tufrog'im, ey charx,
- Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il.
- Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni,
- Sochingni boshdin-ayog' chin ila shikan qilg'il.
- Xazon sipohiga, ey bog'bon, emas mone'
- Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il.
- Yuzida terni ko'rub o'lsam, ey rafiq, meni
- Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il.
- Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
- Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il.
[edit] Xil'atin to aylamish…
- Xil'atin to aylamish jonon qizil, sorig', yashil,
- Shu'layi ohim chiqar har yon qizil, sorig', yashil.
- Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin
- Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorig', yashil.
- Shishadek ko'nglumdadur gulzori husnung yodidin,
- Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig', yashil.
- Orazu xoling bila xatting xayolidin erur
- Ko'zlarimning ollida davron qizil, sorig', yashil.
- La'lgun may tutqil oltun jom birla sabzada
- Kim, bulardin yaxshi yo'q imkon qizil, sorig', yashil.
- Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek
- Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig', yashil.
- Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
- Bo'ldi naming rangidin devon qizil, sorig', yashil.
[edit] Tashqaridan ma'lumotlar
|