From Uzbekistan Online Forum WikiMedia
[edit] Qolmadi
Vasling izlab tentirayman, tanda darmon qolmadi,
Jonim rangin oldi gulzor, menda-chi qon qolmadi.
Chorasizman, manzil olis, o't-o'lanlar yo'lga g'ov,
Qalb daraxtin o'stirishga bitta bog'bon qolmadi.
Qayga boqma payxon o'lan, har qadamda iztirob,
foniy dunyo tegrasida bir guliston qolmadi.
"Ne guliston ko'ngling istar?", deya holim so'rama,
Ko'klamoyim ming qidirdim, tog'-biyobon qolmadi.
Yoru ishqim topmadim, deb yuragimda ishtiboh,
Darbadarlik qilmog'imdan o'zga imkon qolmadi.
Dardlarimni eshitgaymu, deya jar ham soldirib,
U tomonda Chinu Mochin, bunda Jurjon qolmadi.
...Ohim ellar etkazdimu, yoki yomg'ir, bilmadim,
Ovozingni eshitgan on dilda armon qolmadi.
Ko'ngil uyim senga to'ri, nur bag'ishlab oyi bo'l,
Mehmoni bo'l, mezboni bo'l, boshqa posbon qolmadi.
01.17.07
Ishq pinhon aylagum, hech etmam izhor yorima,
Izitirob o'tin ravo hech ko'rmagum dildorima.
Kuzgi yaproq singari dil sarg’ayib so’ldi tamom,
Keldi ko’klam, lek yashildan qatra yo’q gulzorima.
Ayni fasli yoshligimda keldi-yu, ketdi shitob,
Endi qilmay qancha afsus, yetmagay hech zorima..
Ishda qo'lim, yonda yorim, bunda ko'nlim shod edi,
Boy berib lol o'ltiribman, hech unum yo'q korima..
Etsa qay yerni makon, osmonnimi yoki zamin,
Ortidan ketmakka shayman, qo'lni siltab borima..
Orazin ko'rmoq uchun jon chiqsa mayli, qaytmagum,
Gar iki ustun ila sirtmoqni etsin dorima..
Ohu dodimg'a sira tutmas quloq do'stu g'anim,
Shul uchun soldim qaro dardimni bul ash'orima..
07/05/07.... Shokirbek va JaruleUZb
Yurtimga
Bir hovuch tuprog'ing o'pgum, hurmatingga jon fido,
Yosh fido, boshim fido, bo'lgunicha qon ado.
Ro'shnoliging ko'rishlik baxt, bir quvonch ko'z yosh uchun,
Rozidurman bo'lishlikka xonumonimdin judo.
Shohi bo'lsang o'zga yurtning, hech sharaf deb o'ylama,
Mingki bor afzaldir o'z yurting uchun bo'lmoq gado.
Bog'laring jannat misoli, tog'u dasht ham serjilo,
Osmon to'la qushlar aytar, pur yoqimli hush sado.
Buyuklarning zaminisan, Olloh doim qo'llagan,
Hayotbaxsh bu umidlarga aytma aslo bir vido.
Kun kelur, shams ham charaqlar, ko'kni nurga to'ldirib,
Bor mehr-la aytadurmiz: "Mustabidlik alvido!"
...Bukun Vatan ertasini mag'rur turib so'ylagum,
Jon fido, qonim ado, men gado - shuldir nido!!!
01.26.2007
Aylamish
Pushaymonliq diling hasta, qaddingni dol aylamish,
Ne sabab g'am ko'zlaringni aftodahol aylamish?
Azob chekma, dardlaringni so'yla batafsil manga,
Chunki ichda saqlasang gar, diling bexol aylamish.
Asablarga berma qiynoq, zamonada dema ayb
Umidingni qo'yma qo'ldan, diling xushhol aylamish.
Quyosh kunduz uyolib, bergan yuzingga tabassum,
Tun esa oydan olib, qoshingni hilol aylamish.
Kaloming hush, samimiysan, nurga to'la ko'zlaring,
Yaratgan Haq Baxting o'ylab, tilingni bol aylamish.
Istiqboling porloq sening, qo'llagaydir Ollohim
Ishongayman, peshonangga baxtdan iqbol aylamish.
JaruleUZB...01.20.07
Do'stlarimga...
Qalb daftarin, azizlarim, bugun Sizga ochaman,
Yurak-quyosh, uning dardin oq nur kabi sochaman...
Fikrim aniq aytolmasam, aybim ayting - menki shod
Chunki g'azal bo'stonida endi bir debochaman
Barcha baytim, Sizga aytgum, bundan ko'nglim quvonar
Sizni deya darkor ersa, zahri- zaqqum ichaman
"Do'st bilinar mushkulotda" - bu azaliy ko'xna bayt,
Yahshilikka eshigim lang, yomolikdan qochaman
Yiroqdirman balki Sizdan, lek yaqinman ko'ngila,
Darkor ersam, dengiz nima, hatto ummon kechaman.
Zerikdim men yolg'izlikdan, mehmon bo'ling kulbama,
Yo siz keling biz tarafga, yo siz tomon ko'chaman.
O'zingizman o'ngingizda, tunlar esa tushingiz,
Yoki aytgan so'zingizman,Yo siz yurgan ko'chaman.
Do'stlar bisyor, do'stlarimga berajakman jonimni,
Shundan tanam ming poradir, bilmam o'zim nechaman?
Oshiq dardsiz ,ishq mehrsiz , do'st vafosiz bo'lmag'ay,
Sevgi agar dildan ersa, gul gulzorda so'lmag'ay.
Chin muhabbat misli ko'zgu, neki senda yorda bor,
U takalluf, mulozamat, rasmiylikni bilmag'ay.
Ko'ngil nozik, ko'ngil yumshoq, o'ynama sen u bilan,
Hech bir bog'bon bitta shoxni behudaga tilmag'ay.
Solihlikni etib shior, qalbga qidir mingta yo'l,
Toki bunday yo'llar soni minba'd oxir o'lmag'ay.
Vafoli bo'l, hurmat aylab o'zga inson izzatin,
Bevafog'a kunduzlari xatto shams ham kulmag'ay
Ayo do'stlar, qiynalmayin menga so'ylang dardingiz
Gar eshitmay o'lmak ersam aslo ko'nglim to'lmag'ay.
JaruleUZB...01.25.07...
Qalb ko'chasi huvillagan, mehrga zorman bugun,
Mayxonachi hamsuhbatim, ham mayga yorman bugun.
Holim so'rmay yoronlarim, tarqalishdi ming tomon,
Endi do'stdan yo'q ilinjim, dushmanga xorman bugun.
Ag'yorlarim so'z berishmas, qayga borsam yakkaman,
Bir kalom aytmog'im mushkul, gung, soqov, karman bugun.
Foniy dunyo ishlaridan ko'z ostim oppoq tuman,
Qil sirotning qarshisida sari ba dorman bugun.
Dardlarim navo aylabon, kuyga soldim ul zamon,
Yor qo'lida sayrayotgan yo ud, yo torman bugun.
Bu azoblar tugashini umid qilib kutaman,
Jannat ishqi dilda mudom, shul sabab borman bugun.