|
|
ViewsMuhammad SolihFrom Uzbekistan Online Forum WikiMedia[edit] Agar sevsakBizga falak yordam bermaydi Yordam bermas bizga bu Yer ham. Bizga falak yordam beradi, Yer ham yordam berajak albat- Agar bir-birimizni sevsak
[edit] Bir odam sevsa basBir odam kimnidir sevarkan toki, Bir odam sevsa bas, bitta odamzod- Butun bashariyat yashashga haqli, O’zini oqlaydi yerdagi hayot.
[edit] Biz nega uchrashdik?Men bunga kelganman seni kutmoqqa Sekund, minutlarni o’ldirmoq uchun. Kun bo’yi ming xayol surib sen haqda, Kelganman bir soat o’ltirmoq uchun.
Ko’rib, ko’rmaslikka yo’ymoqlik uchun. Va topib qo’yilgan go’zal so’zlarni Esimdan chiqarib qo’ymoqlik uchun.
Shoshib hidlamoqqa kelgansan faqat, Kelgansan hammasi chekkada qolib, So’rashga soatu ketmoqqa ruxsat.
[edit] ErkakErkak maktub yozsa, Ayol qo’llari Titraydi ming farsah narida.
Ayol ovozi Erkak ovozining pinjiga kirar.
Ayol qo’llari Aylanar daf’atan ikkita gulga…
Chiroqni bemalol uchirish mumkin.
[edit] "Goh yurak oyoqqa"Goh yurak oyoqqa buyurar, Lozimdir oldinga yurmaging! Oyog’im oldinga yursa goh, Ortga tortib ketar yuragim!
[edit] HaliHali anchagacha Ko’nikmay yuraman bu yangi yilga. Qogozlarga adashib. Eski yil bilan men imzo chekaman.
O’zga ayollarni Sening isming bilan chaqirajakman.
[edit] HayotHayot go’zal. Hayot shu qadar go’zaldirki, hatto sen uchun ham o’limga rozi bo’lmas edim, sevgilim. Hayot beqiyos go’zal. Shu qadar go’zalki, o’lim borligini bilgan kuningdan tortib, to o’lguncha bu hayotni yo’qotish haqida yig’lasang arziydi. Hayot shunchalik go’zal.
[edit] Ilk borDaraxtlar kutgansimon bahorni, Yigitcha ilk bora kutardi yorni.
Lolamisol yonib ikki yonog’i.
Va dedi ohista: “Biz hali yoshmiz…”
Labiga ustara tekkizdi ilk bor.
[edit] IxtiyorKuzatarkan, namlidir ko’zing, Mening uchun nega g’am yeysan? Qarashimni o’g’irlab o’zing, Yana menga “qaramang” deysan.
Maylimi, deb so’rayman asta, Ixtiyorim olib qo’limdan, Deysan yana “ixtiyor sizda”…
[edit] Ko’ksimdagi boshMen seni, yuragim, silagim kelar, Esiz, qolib ketar menda bu haqing… Ko’ksimga sen kabi birorta dilbar Boshini qo’ymagan shunchalar yaqin!…
[edit] MaqtovMen sizni doimo maqtagim kelar, Koklarga ko’targim keladi doim. Afsuski, men sevgan odamim bilan Suhbatga no’noqman – shudir xatoim.
Men ko’kka ko’targan insonlar mingta. Sizga nima darkor odam to’la ko’k, Keling, o’ltiraylik ovloq zaminda…
[edit] Men sendan xat emas, xavotir oldimMen sendan xat emas, xavotir oldim Bu cheksiz oqshomning bir chekkasida. Men seni juda oz quvontiroldim, Men senga juda ko’p bitdim qasida.
Kim o’ylab topadi yangi ibora- Bora-bora tordir dunyo mazmuni, Faqat shu ko’zlaring kengdir tobora.
[edit] Men seni izladimMen seni o’tgandan so’radim, Kelgandan, ketgandan so’radim. Men senga intildim, men senga chopdim, Men seni izladim, nihoyat topdim.
Kelganlar, ketganlar qaradi. Men esa yoningdan indamay o’tdim, Bir so’z ham, bir so’z ham aytolmay ketdim.
[edit] Menga bir qaraO’lim, menga bir qara- Men juda ham uzoq yasharman. Ichimda bir hayot barq urar- Men uni sendan ham yashirmam.
Qamashardi ko’zing bo’lganda, Shunday bir sevgikim, baqirib Yig’larding, men hozir o’lganda!
[edit] Nima haqda sening jimliging?Xona go’yo sovuq bir bag’ir- Bizning boshlarimiz qo’yilgan. “Axir”… “Axir”…”Axir”… Idrokka uch bora o’yilgan.
Qo’rqaman, yetmaydi jur’atim- O’zingday qoraga burkanib Ko’zingda bir sharpa yuradi.
Nima ko’zlaringda meni imlagan? Nima haqda bu siniq chehra, Nima haqda sening jimliging?
[edit] Ochildi bir gulimMen hali yosh edim… Mening o’n gulimdan birortasi ham Ochilmagan ekan-ku hali!
Yo’q. Ochildi mening bir gulim. So’ldi ham.
[edit] Qayrilib qaramaQayrilib qarama. Qayrilib qarab, Unga qo’l silkmagin. Silkkandan keyin Turgin sukunatda sen talmovsirab, Qaytmagil, qaytmaslik bo’lsa ham qiyin.
Aytmagil loaqal so’nggi so’zingni! Bari bir aytdingmi, aytdingmi, endi Tiz cho’kkil, bag’ishla unga o’zingni!
[edit] Sen ketgandan so’ngBir kun o’tar sen ketgandan so’ng- Tanholikning birinchi kuni.
Imillay boshlaydi kutilmaganda.
Oqsoqlanib kelar oynam oldiga.
Oyoqlari yo’qdir to’rtinchi kunning.
[edit] "Sening go'zalliging"Sening go’zalliging boshlangan joyda, She’riy iqtidorim bo’ladi tamom. Satrlar uyalar sen bo’lsng paydo, Satrlar keladi sen ketgan hamon.
[edit] Sevgidan qo’rqmadikSevgidan qo’rqmadik, Muqaddas sevgidan, Dadil va mardona oldiga bordik. Keskin harakat-la hislarga to’la Yuraklarni to’kib yubordik!..
[edit] Shunchalar baxtli bo’ladimi?..Agar shu ko’ksimga, Sen bosh urib turgan ko’ksimga, xanjar bilan ursalar edi balki men yig’lamas edim hech. Lekin hozir yig’lagim keladi ko’ksimga egilgan boshingni ko’rib, yig’lagim keladi- sen meni; men seni, bahor esa ikkimizni quchib turganda… -Eh, shunchalar ham baxtli bo’ladimi kishi?!
[edit] TelefonTelefon jiringlar- Olasan Nafaslar uchrashar. Ovozlar… Keyin beso’naqay telefon Do’sting chehrasiga aylanar.
[edit] Tog'daKo'kda yolg'iz qolgan to'lin oy Boshing uzra to'kadi titroq... Oqib borar tog'dan tushgan soy Sukunatning o'rtasidan qoq
Sen o'zingni qo'yding yo'qotib... Bu baxt ozday, buning ustiga Kimdir seni sevadi qattiq...
[edit] Ularga ayt, sevgilimSen va men bilamiz muhabbatning timsoli majnuntol emasligini
qizil gul, uchrashuv, degani emas.
tushuntir, sevgilim biz qanday sevgandik bir-birimizni, qanday sevgan edik, gullari uzilgan olamda.
[edit] XayrlashuvFidoiy sochlaring ko’ksimga yana Jarga tashlaganday o’zin tashlarlar… O, sen yana, ko’zingga yana Parda tortmoqdasan yoshlardan! Aytdim-ku, quchishib o’tirolmaymiz. Sen ila bir umr- qo’llarga og’ir. Bir umr tikilib bir-birovga biz O’tirolmaymiz – ko’zginang og’rir. Qo’y endi, bu achchiq ko’z yoshlar bilan Sho’r qilib yuborma taqdirimizni.
[edit] XayrlashuvTishlarim tishimga tegmadi, tegmadi- Titraymen. Barmog’im aylanar oxirgi tugmada- Turay, men.
Yuray, men. Kiyim yo’q. Bo’ynimda faqat shu qora sharf- O’ray men.
Kuymoqqa. Alvido. Kiyim yo’q tinimsiz, tinimsiz Kiymoqqa.
[edit] YigitlarHa, bizlar shundaymiz, shunday azaldan, Don Kixot qalbiday bor pokligimiz, Bizda xayol ko’pdir xotiralardan, G’amlardan ko’proq quvnoqligimiz.
Bizlarni kuzatdi ona bo’sag’a. Tashnamiz (yurak va labda o’t yonar!) Do’stlarga, kitobga, ba’zan bo’saga…
Hayotda sevamiz G’olib otini. Bilamiz bir paytlar yashirib bizdan Otalar simirgan mayning totini.
Do’stlar qilishadi uzoqda xotir. Munis ona esa bizdan xat kutar, Otalar jimgina olar xavotir… |