Personal tools

Muhlis

From Uzbekistan Online Forum WikiMedia

Aprel qo’shig’i

Shunday bir go’zal kundirki bugun,
Quyosh erkalanar bulutlar og’ushida.
Maysalar yam-yashil, chechaklar gulgun,
Chamanda qushlar sayrar yor orzusida.

Nurli jilo qilar suvlar, oqar oshiqib,
Sohilda boychechakni huddi, o’pmak istaydi.
Yurak jo’shar nastarin isidan shirin orziqib,
Go’yo g’azalhon go’zalin ko’rmak istaydi…

Ko’kda qaldirg’och charh urar varrak ortidan,
Bolari sog’inchli bo’sa olar ol g’unchalardan.
Shu qadar gul to’kmoqdaki Bahor o'z bisotidan,
Aslo qaytging kelmas dala, bog', ko’chalardan.

Asli umr aziz, har fasl shukuhlidir ham ko’rkam,
Har birining o’z gashti bor, farahliyu fusunkor.
Lek to’rt faslning ganjidir, gultojidir bu Ko’klam,
Go’zalligi bir yonda, yangiligi, yashilligi – betakror!

24 Aprel, 2006.